11-modda. Markaziy bankning vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Markaziy bank:
Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
bank tomonidan milliy va chet el valyutasida mijozlarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pul belgilarini muomalaga kiritadi va muomaladan chiqaradi;
qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʻldirish uchun davlatning affinlangan oltin sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
oʻzi belgilaydigan tartibda va shartlarda banklarga qisqa muddatli kreditlar, shuningdek likvidlilikni tezkor surʼatda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar beradi;
banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni, faktoring tashkilotlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini va kafolatlar berish tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari, faktoring tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solishda hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi;
oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi;
oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
oʻz tasarrufidagi tashkilotlarni, shu jumladan valyuta birjasini tashkil etadi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi, shu jumladan chet el hukumatlariga, boshqa davlatlarning markaziy banklariga bank xizmatlarini koʻrsatadi;
boshqa davlatlarning markaziy banklarida va xalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini oʻz vakolatlari doirasida ifoda etadi;
chet davlatlarda vakolatxonalar ochadi;
