23-modda. Koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov oʻtkazish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun ochiq tanlov quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
halol raqobat;
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborotni olish erkinligi.
Koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy boʻlinmasi koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha tanlovning tashkilotchisidir.
