71-modda. Banklarning hisobotlari
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi.
Bank oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi.
Banklar Markaziy bankning talabiga koʻra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi.
Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa maʼlumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir.
Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi.
