70-modda. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Banklar buxgalteriya hisobini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlab chiqilgan ichki hisob-kitob siyosatiga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
Banklar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin.
Banklardagi buxgalteriya hisobi:
boshqaruvga, moliyaga, soliqqa va nazoratga oid hisobotning hamda boshqa hisobotlarning ishonchliligini, ularda bankning haqiqiy moliyaviy holati va faoliyati natijalari aks ettirilishini;
bank aktivlarini va yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni boshqarish xavfsizligini;
bank aksiyadorlari va kuzatuv kengashi tomonidan bankning moliyaviy ahvolini va uning mansabdor shaxslarining ishini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
