62-modda. Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi va boshqa daromadlar miqdori
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bankning moliyaviy operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini, islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama va (yoki) foydadan olinadigan ulush miqdorini hamda ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama oʻzgartirish huquqiga ega emas.
