58-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Jiddiy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni boʻlsa, bankdan ushbu daromadlarning bir yarim baravari miqdoridan yoki bank tomonidan oʻtgan moliya yili davomida olingan sof foydaning ikki foizi yoki bank jami kapitalining 0,5 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga;
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qoʻllashga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining aʼzosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan yoki bankning islomiy moliya kengashi aʼzosidan jarima qoʻllanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yetmish besh foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima undirishga;
qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qoʻllanilgan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga haqli.
Banklar tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda Markaziy bank bankning aybi bilan amalga oshirilmay qolgan summaga teng miqdorda jarima solishga haqli.
