50-modda. Toʻlovlarni yakunlash
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Agar toʻlov naqd pul mablagʻlaridan foydalangan holda amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiar yoki benefitsiar vakolatli etib belgilagan shaxs tomonidan pul mablagʻlari olingan paytda yuz beradi.
Agar toʻlov toʻlov hujjati asosida amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiarning hisobvaragʻiga pul mablagʻlari kelib tushgan paytda yuz beradi.
Agar toʻlov pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash pul mablagʻlarini quyidagi yoʻllar bilan oʻtkazish yakunlangan paytda yuz beradi:
pul mablagʻlari kelib tushganda benefitsiarning bank hisobvaragʻi boʻyicha buxgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish;
pulni oʻtkazish benefitsiar hisobvaragʻi ochilmasdan amalga oshirilganda benefitsiarning banki tomonidan benefitsiarga naqd pul mablagʻlarini haqiqatda berish;
boshqa hisobvaraq boʻyicha benefitsiar foydasiga pul mablagʻlarini qabul qilishni aks ettiradigan buxgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish.
Agar toʻlov elektron pullarni oʻtkazish orqali amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiar tomonidan elektron pullar olingan paytda yuz beradi. Qabul qilingan elektron pullar summasi toʻgʻrisidagi, ushbu pullar benefitsiar boʻlgan boshqa shaxs foydasiga kelib tushganligi haqida dalolat beruvchi axborotning elektron pullar tizimida aks ettirilishi elektron pullar olingan paytdir.
