40-modda. Elektron pullarning emitentlari va egalari
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Markaziy bank va banklar elektron pullarning emitentidir.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullar emitenti tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan boʻlishi kerak.
Elektron pullar emitenti tomonidan jismoniy shaxsga elektron pullarni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) elektron pullar tizimining operatori yoxud elektron pullar tizimining agenti orqali berilishini nazarda tutuvchi toʻlov xizmati elektron pullarni chiqarishdir.
Quyidagilar elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin:
boshqa jismoniy shaxslardan, elektron pullarning emitentidan, elektron pullar tizimining operatoridan yoki elektron pullar tizimining agentidan elektron pullarni olgan jismoniy shaxslar;
elektron pullar tizimining agentlari — elektron pullar emitenti yoki elektron pullar tizimining operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullarni olish va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklar yoki toʻlov agentlari;
jismoniy shaxslardan elektron pullarni bitimlar boʻyicha toʻlov sifatida olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar.
Elektron pullar egasining huquqlari elektron pullarni olgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
