11-modda. Muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Muhim toʻlov tizimining operatori tomonidan mazkur toʻlov tizimining ushbu Qonun talablariga va xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish hisoblanadi.
Muhim toʻlov tizimining operatori toʻlov tizimining ishlashini uning xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan uch yilda kamida bir marta oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazadi.
Muhim toʻlov tizimi operatori muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish natijalarini Markaziy bankka taqdim etadi va oʻzini oʻzi baholash tugallanganidan keyin uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
