36-modda. Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish
Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-576-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti;
mahalliy budjet;
maxsus va maqsadli jamgʻarmalar;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
ish beruvchi;
xalqaro tashkilotlar va homiylar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
