18-modda. Norezidentlar oʻrtasidagi valyuta operatsiyalari
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-573-son) · Sana: 22.10.2019 · Amalda
Norezidentlar joriy xalqaro operatsiyalar bilan bogʻliq oʻtkazmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklardagi hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi bank hisobvaraqlariga oʻzaro amalga oshirish huquqiga ega.
Norezident jismoniy shaxslar nosavdo tusidagi oʻtkazmalarni Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan boshqa norezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga amalga oshirishi mumkin.
Norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini oʻzaro amalga oshirishi mumkin.
