12-modda. Metsenatlik faoliyati subyektlari huquqlarining davlat kafolatlari va metsenatlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Metsenatlik toʻgʻrisida (O‘RQ-571-son) · Sana: 16.10.2019 · Amalda
Metsenatlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Metsenatning metsenatlik faoliyatini amalga oshirish shakllarini tanlash huquqi cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat metsenatlik faoliyatini quyidagilar orqali qoʻllab-quvvatlaydi:
metsenatlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hamda tariflar boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar berish;
metsenatlarni davlat mukofotlari yoki boshqa mukofotlar bilan taqdirlash;
metsenatlarning nomlarini abadiylashtirish.
Davlat metsenatlik faoliyatini qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
