11-modda. Metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnoma
Metsenatlik toʻgʻrisida (O‘RQ-571-son) · Sana: 16.10.2019 · Amalda
Metsenatlik faoliyati metsenat va metsenatlik koʻmagini oluvchi oʻrtasida tuziladigan metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnoma metsenatlik koʻmagini berishning maqsadlari, shakli, shartlari, muddatlari hamda hajmini, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini, taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga koʻra kelishuvga erishish lozim boʻlgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.
Metsenatning nomini, personallashtirish vositalarini majburan eslatib oʻtish talabi va bunday eslatish shaklining belgilanishi metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnomaning sharti boʻlishi mumkin.
Metsenatlik koʻmagini berish toʻgʻrisidagi shartnomada metsenatlik koʻmagidan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish mexanizmlari belgilanishi mumkin.
