8-modda. Gender statistikasini shakllantirish
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida (O‘RQ-562-son) · Sana: 02.09.2019 · Amalda
Davlat statistika organlari gender koʻrsatkichlari asosida jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yigʻishni, unga ishlov berishni, uni toʻplashni, saqlashni, tahlil qilishni va eʼlon qilishni amalga oshiradi.
Gender koʻrsatkichlarini shakllantirish:
davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat statistik kuzatuvlariga;
davlat boshqaruvi organlarining maʼmuriyatga oid maʼlumotlariga;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan statistik kuzatuvlarga asoslanadi.
Gender koʻrsatkichlari fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining statistik maʼlumotlari asosida ham shakllantirilishi mumkin.
