44-modda. Mualliflik litsenziya shartnomasining amal qilish muddati
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Mualliflik litsenziya shartnomasi unda nazarda tutilgan, ammo mualliflik huquqining amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan muddat davomida amal qiladi.
Asar muallifi yoki uning merosxoʻrlari, mualliflik litsenziya shartnomasiga muddat toʻgʻrisidagi shart kiritilganligi yoki kiritilmaganligidan qatʼi nazar, shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin oʻz kontragentini kamida olti oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. Muallif yoki uning merosxoʻrlarida bunday huquq har oʻn yilda vujudga keladi.
Shartnomada asardan foydalanish muddatlari nazarda tutilishi mumkin, bu muddatlarni buzganlik huquq egasining shartnomani bekor qilish huquqiga sabab boʻladi.
