Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Muallif yoki uning merosxoʻri mualliflik shartnomasi tuzish orqali oʻz asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin. Mualliflik shartnomasi uchun haq toʻlash talab qilinadi.
Mualliflik shartnomasi tayyor asar uchun yoki muallif yaratishni oʻz zimmasiga olgan asar uchun (buyurtma shartnomasi) tuziladi. Asardan u yoki bu doirada foydalanishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi muallif yoki uning merosxoʻrlari tuzadigan shartnoma ham (mualliflik litsenziya shartnomasi) mualliflik shartnomasi hisoblanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-34642
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 40-modda. Mualliflik shartnomasi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-44939/40 (lex.uz/docs/-34642)