4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Mualliflik huquqi:
mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi xududida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida eʼlon qilingan yoki biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi boʻlgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.
Basharti asar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta eʼlon qilingan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼlon qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan deb hisoblanadi.
Asar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yuridik fakt sodir boʻlgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
