29-modda. Asarlardan reproduksiya qilish yoʻli bilan foydalanish
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatib, quyidagilardan foyda olishni koʻzlamay reproduksiya qilishga yoʻl qoʻyiladi:
asardan, yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa kutubxonalarga asarlarning nusxalarini taqdim etish uchun kutubxonalar va arxivlar tomonidan;
toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda qonuniy ravishda eʼlon qilingan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlardan, qonuniy ravishda eʼlon qilingan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalar fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari asosida kutubxonalar va arxivlar tomonidan, shuningdek auditoriya mashgʻulotlari uchun taʼlim muassasalari tomonidan.
