24-modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Muallif yoki huquqqa ega boʻlgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni oʻzga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish) mumkin.
Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida oʻtadi.
Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, xususan tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.
Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi.
