23-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Basharti asar saqlash uchun har kim foydalanishi mumkin boʻlgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan boʻlsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishiga yoʻl bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qoʻlyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb eʼtirof etiladi.
Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi
