24-modda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish hamda ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish
Chiqindilar toʻgʻrisida (362-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish hamda ularni utilizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqayotgan va joriy etayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilishga moʻljallangan korxonalar va sexlar yaratayotgan, uskunalar ishlab chiqarayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishda ulushbay asosida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar beriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha choralar belgilashlari mumkin.
