23-modda. Arizani berish va koʻrib chiqish tartibi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-552-son) · Sana: 13.08.2019 · Amalda
Ariza yer uchastkasi joylashgan yerdagi tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Ariza yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasini Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq oʻz ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning xulosasi tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos boʻladi.
