99-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha sugʻurtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha axborot sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Assistans qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Assistans:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta qildiruvchilardan (sugʻurtalangan shaxslardan) sugʻurta voqealari (sugʻurta hodisalari) toʻgʻrisidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sugʻurta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sugʻurta polisi asosida sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga) zarur yordam koʻrsatishi;
sugʻurta hodisalarini koʻrib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrishi.
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Assistans zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
