10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi:
ijro etilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp yoki eng kam miqdorini va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan koʻp yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning toʻlovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalaydi;
sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlar hisobini yuritish hamda ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli qogʻozlariga sugʻurta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan mustasno;
sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sugʻurtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sugʻurtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini toʻliq yoki ayrim sugʻurta turlariga (klasslariga) nisbatan toʻxtatib qoʻyadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
