94-modda. Aktuar tashkilot va aktuariy
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Aktuar tashkilot quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir:
sugʻurta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sugʻurta majmui boʻyicha zarar yetkazilishining takroriyligini va ularning oqibatlari ogʻirligi darajasini belgilash;
sugʻurtalovchining zarur sugʻurta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
sugʻurtalovchining investitsiyalar sifatida toʻplangan badallardan foydalanishida kapital qoʻyilma normasi va netto-stavka miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga koʻmaklashadigan tarzda aniqlash;
sugʻurta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sugʻurta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish;
sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini sugʻurtalovchilar uchun ularni oʻtkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash;
sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash;
sugʻurtalovchining daromadlarini sugʻurtaning (qayta sugʻurta qilishning) har xil turlari boʻyicha rejalashtirish.
aktuar hisob-kitoblarini amalga oshirish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
sugʻurta bilan bogʻliq boshqa aktuar xizmatlari koʻrsatish.
Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq toʻlov asosida faqat aktuar xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini koʻrsatganlik, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan oʻzga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar boʻladi.
Aktuar tashkilot oʻz shtatida kamida bitta aktuariyga ega boʻlishi kerak.
Aktuariy:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
