26-modda. Sugʻurta siri
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi, sugʻurtalangan mol-mulk, sugʻurta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sugʻurta bitimlari va operatsiyalarining roʻyxati, sugʻurta tariflari, sugʻurta turlari hamda muddatlari ochiq axborot boʻlib, sugʻurta siri predmeti boʻlishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar sugʻurta qildiruvchi, shuningdek sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar oʻzlariga taalluqli maʼlumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchining roziligi olinmagan holda sugʻurtalovchi tomonidan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sugʻurtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sugʻurta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, bundan sugʻurta qildiruvchilarning va sugʻurtalangan shaxslarning sogʻligʻi holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar mustasno, qonunchilikda majburiy sugʻurta boʻyicha belgilangan majburiyatning sugʻurta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sugʻurta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladi.
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
