36-modda. Ruxsatnomani bekor qilish
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Ruxsatnoma:
egasining uni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi asosida bekor qilinadi.
Ruxsatnoma ushbu moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda ichki ishlar organi tomonidan, ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda sud tomonidan bekor qilinadi.
Ruxsatnoma egasi tomonidan sudning uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan keyin oʻn kun ichida ruxsatnoma ichki ishlar organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Sudning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
