34-modda. Turoperatorlar va turagentlar birlashmalarining huquqlari
Turizm toʻgʻrisida (O‘RQ-549-son) · Sana: 18.07.2019 · Amalda
Turoperatorlar va turagentlar birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:
turizm sohasi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini oʻtkazish;
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish;
vakolatli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibida ishtirok etish;
turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish tizimini shakllantirishda ishtirok etish;
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish, turizm sohasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonlariga boshqa tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
Oʻzbekistonning milliy turistik brendini va mahsulotlarni turistik bozorlarda targʻib etishga, turizm sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish.
