“1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (729-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini noqonuniy ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
1) 345-moddasining ikkinchi qismi “186” raqamidan keyin “1861” degan raqam bilan toʻldirilsin;
2) 405-moddasi matnidagi “yetti sutkada” degan soʻzlar “oʻn besh sutkada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 490-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibda koʻrib, kassatsiya ajrimini, agar keyin sud ajrimlari qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga oʻtkazadi”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda):
