“182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (729-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Bojxona nazoratini chetlab yoki Bojxona nazoratidan yashirib yoxud Bojxona hujjatlari va vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish:
a) koʻp miqdorda;
b) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda;
b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 1861-modda bilan toʻldirilsin:
