28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida (O‘RQ-546-son) · Sana: 01.07.2019 · Amalda
Hisob palatasi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosi ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalar kiritadi.
