5-modda. Fondning vakolatxonalari va filiallari
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fond Oʻzbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda vakolatxonalar ochishi hamda filiallar tashkil etishi mumkin.
Fondning vakolatxonasi fondning oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida boʻlinmasidir.
Fondning filiali fondning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond nomidan ish koʻradi hamda ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun fond oldida masʼuldir.
Vakolatxonalar va filiallarni fond mol-mulk bilan taʼminlaydi. Vakolatxona va filialning mol-mulki alohida balansda hamda fondning balansida hisobga olinadi.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
