4-modda. Fondlarning turlari
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro, respublika fondlari hamda mahalliy fondlar tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Xalqaro fondlarga faoliyati oʻz ustavlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining va bir yoki undan ortiq chet davlatlarning hududiga tatbiq etiladigan fondlar kiradi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki ikki yohud undan ortiq viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida amalga oshiradigan fondlar respublika fondlari jumlasiga kiradi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq tuman(lar), shahar(lar), viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan fondlar mahalliy fondlar jumlasiga kiradi.
