13-modda. Fondni hamda uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fondni hamda uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Xalqaro, respublika fondlari, shuningdek bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mahalliy fondlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fondlarning vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
