12-modda. Fond ustavi
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fond ustavi fond muassislari (muassisi) tomonidan tasdiqlanadi.
Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda, fond ustavi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan vasiyatnomaga muvofiq ravishda tuziladi.
Fond ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
“jamoat fondi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan fondning nomi;
fondning joylashgan yeri (pochta manzili);
fondning maqsad va vazifalari;
fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi;
fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi;
fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari;
fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi;
fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi;
fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Fond ustavida fondning tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
