“341-modda. Ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalari xodimlarining daxlsizligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-542-son) · Sana: 23.05.2019 · Amalda
Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga va boshligʻiga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻzgʻatiladi”.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 136-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31 — 33, 355-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 73-I-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda) 230-bandi.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
