8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-539-son) · Sana: 21.05.2019 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida energiya jihatidan samarador, energiyani tejovchi va innovatsion zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi hamda joriy etilishiga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining berilishini taʼminlaydi.
