7-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-539-son) · Sana: 21.05.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlarni, normalar va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida narx va tarif siyosatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobini yuritadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar joriy etilishiga koʻmaklashadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya bozorida qulay raqobatbardoshlilik hamda ishbilarmonlik muhiti shakllantirilishini ragʻbatlantiruvchi narx va tarif siyosatini takomillashtirish asosida amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlariga va maishiy sektorga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi resurslarni va energiyani tejovchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
