“971-modda. Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-536-son) · Sana: 10.05.2019 · Amalda
Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 98-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoatda va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yoʻriqnomalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 260-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
