“260-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlari
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-536-son) · Sana: 10.05.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 971, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining oʻn besh baravarigacha miqdorda;
inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda”;
6) quyidagi mazmundagi 2601-modda bilan toʻldirilsin:
