“14-1-modda. Muqobil tekshirishlar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (175-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidangina yoʻl qoʻyiladi”;
7) 16-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi “organlarning” degan soʻzdan keyin “tekshiruvchi mansabdor shaxslarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 17-moddasi:
birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlashiga halal bermaslik;
tekshirishlarni qayd etish daftariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozib qoʻyish”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 18-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari aʼzolarining faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”.
25. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda):
1) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
