6-modda. Oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladigan shaxslar
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-532-son) · Sana: 02.04.2019 · Amalda
Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi:
sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan;
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan.
Maʼmuriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaxslarga nisbatan oʻrnatilishi mumkin emas.
