10-modda. Nazorat ostidagi shaxsga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qilish va topshirish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-532-son) · Sana: 02.04.2019 · Amalda
Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan eʼlon qilinadi.
Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib topshirish uchun yuboriladi.
Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chogʻida uning huquq va majburiyatlari, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin oʻrnatilgan shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarligi tushuntiriladi.
