“166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-531-son) · Sana: 20.03.2019 · Amalda
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi”;
12) 195-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa”;
13) 203-modda ikkinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi”;
14) 226-modda:
nomidagi “javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi” degan soʻzlar “javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi”;
