“131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-531-son) · Sana: 20.03.2019 · Amalda
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibidagi har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi”;
13) 155-modda birinchi qismi:
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa — javobgarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa”;
14) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
15) 165-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
