22-modda. Urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini aniqlash
Urugʻchilik toʻgʻrisida (O‘RQ-521-son) · Sana: 16.02.2019 · Amalda
Urugʻliklarning ekinboplik sifatlari urugʻliklar toʻdalaridan ajratib olingan namunalardan urugʻliklar tahlilini oʻtkazish orqali aniqlanadi.
Urugʻliklar toʻdalaridan namunalar ajratib olish, ularning tahlilini oʻtkazish va urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini aniqlash natijalariga koʻra standart urugʻliklarga urugʻliklarning ekinboplik sifatlari koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikati va sinov bayonnomasi, nostandart urugʻliklarga esa urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini tasdiqlovchi urugʻliklar tahlili natijasi beriladi.
