30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini xalqaro tashkilotlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (O‘RQ-518-son) · Sana: 06.02.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yoki u bilan kelishilgan holda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatdan oʻtkaziladigan idoralararo shartnomalarini tegishli xalqaro tashkilotlarda ushbu tashkilotlarning amaldagi qoidalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish bunday shartnomalar qaysi davlat organlarining nomidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
