14-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (O‘RQ-518-son) · Sana: 06.02.2019 · Amalda
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo shartnomalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
