9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish
Bank siri toʻgʻrisida (530-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.
