Bank siri toʻgʻrisida (530-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sudga, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ularni soʻrayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi.
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-41760
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi Bank siri toʻgʻrisida (530-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-41882/12 (lex.uz/docs/-41760)